#ochiq_muloqot Bugun Pedagogik mahorat markazi direktori vazifasini bajaruvchi Baymurat Iztileuov, akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Amirxan Qaypnazarov va akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Miras Uteniyazov tinglovchilar bilan ochiq suhbat o‘tkazdi. Tadbirda uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar asosida samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Tinglovchilarga markazning ichki tartib-qoidalari eslatib o‘tildi. Shuningdek, […]
Isaak Nyuton tavalludining 383 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda olimning ilmiy merosi keng yoritildi
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining katta o‘qituvchisi B. Arzimbetova hamda fizika fani tinglovchilari tomonidan mashhur ingliz olimi Isaak Nyuton tavalludining 383 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Nyutonning hayoti, ilmiy faoliyati, fizika va matematika sohalaridagi kashfiyotlari hamda ularning bugungi ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.




