#Metodik_mahorat_kuni 2026-yil 6-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tayanch davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Bolalarda ijtimoiy-emotsional rivojlanishni rag‘batlantirish” mavzusida navbatdagi “Metodik mahorat kuni” tadbirlari o‘tkazildi. Mazkur tadbirlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida bolalarda ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarni shakllantirish, ularning his-tuyg‘ularini anglash va boshqarish, shuningdek, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan fikr almashildi. […]
PIRLS tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirish bo‘yicha trening boshlandi
A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat institutida PIRLS xalqaro tadqiqoti doirasida o‘qish savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan trening tashkil etildi. Mazkur treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori v.v.b. B. Iztileuov, Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari N. Artıqbaeva va N. Allashova faol ishtirok etmoqda. Treningning asosiy maqsadi — PIRLS tadqiqoti natijalari asosida ishlab chiqilgan amaliy yondashuvlar orqali […]




