Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 2026-yil yanvar oyi uchun mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari boshlandi. Joriy oyda markazda tashkil etilgan 37 ta guruhda 100 soatlik malaka oshirish kurslarida jami 975 nafar o‘qituvchi-pedagog ishtirok etmoqda. Kurslar 24 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilarning kasbiy bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida o‘quv yilining birinchi kuni ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 2026-o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Markazning Akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Qaypnazarov ochib berdi. U ishtirokchilarni yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, tinglovchilarga kurslarning maqsad va vazifalari, o‘quv jarayoni, zamonaviy ta’lim metodlari hamda pedagoglarning kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, tadbirda Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish […]
(Qaraqalpaqsha) 5-30-Yanvar 2026 SABAQ KESTE 1-SMENA
5-30-Yanvar 2026 SABAQ KESTE 1-SMENA (2)
QADRLI VATANDOSHLAR, MUHTARAM USTOZLAR VA HAMKASBLAR!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi nomidan barchangizni o‘zgacha quvonch va umid bag‘ishlab, ulkan bunyodkorlik ishlariga ruhlantirayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklayman. Boshlanajak 2026 yil ham yurtimiz tarixida, ayniqsa, ta’lim sohasidagi fidoyi xodimlar uchun ko‘plab yutuq va yangilanishlarga to‘la yil bo‘lsin! Sizlarga mustahkam sog‘liq, uzoq umr tilaymiz! Yangi yil yangi baxt, o‘yin-kulgi va ajib […]




