2026-yil 7-mart kuni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan “Ziyoli ayol – jamiyat rivojlanishining tayanchi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ella Suletbaeva mehmon sifatida ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi […]
Bayram tabrigi dars jarayonida yangradi
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktorining akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari A. Qaypnazarov o‘quv mashg‘ulotlari o‘tayotgan darslarga kirib, tinglovchi xotin-qizlarni bayram bilan tabrikladi. U o‘z so‘zida muallimlik kasbi jamiyatda eng ulug‘ va sharafli kasblardan biri ekanini alohida ta’kidlab, ta’lim-tarbiya jarayonida ayol pedagoglarning o‘rni va fidokorona mehnati yuksak qadrlanishini […]
AZIZ VA MUHTARAM ONAJONLAR, QADRLI OPA-SINGILLAR!
Sizlarni bahorning eng go‘zal ayyomi bo‘lgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi nomidan samimiy tabriklayman. Barchangizga o‘zimning eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirib, doimo oilangiz, yaqinlaringiz bilan el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lish baxtini tilayman. Ayol-qiz oila va jamiyat tayanchi, hayotimiz ko‘rki va ma’naviyatimiz mezonidir. Yurtimizda xotin-qizlarni ulug‘lash, ularning sha’ni va […]



