Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida xalqaro ekspert Albert De La Peña ishtirokida “Yosh o‘quvchilar uchun mazmunli real vazifalarni yaratish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida pedagoglar an’anaviy topshiriqlarni zamonaviy yondashuv asosida qayta ishlab, ularni o‘quvchilarning: ijodiy fikrlashi, muloqot ko‘nikmalari, hamkorlikda ishlashi va real hayotiy vaziyatlarda bilimni qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirdilar. Xalqaro tajriba asosida tashkil […]
#Xush_xabar! #Fidokor_mehnat_samarasi
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” mavzusidagi forum hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida o‘tkazilgan tantanali taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi metodisti Jamalatdin Utepbergenov “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hamkasbimizni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar […]
“Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” forumi doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” forumi doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. ➖ Konferensiya ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, UNICEFning O‘zbekistondagi ta’lim bo‘yicha rahbari Alberto Biancoli hamda boshqa qator xorijiy hamkor tashkilotlar […]



