Click to listen highlighted text!

Oy: Iyun 2026

Kengash yig‘ilishida yarim yillik hisobotlar tinglanib, ustuvor vazifalar belgilandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining navbatdagi Kengash majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengashni pedagogika markazi direktori G.Kojabaeva ochdi va olib bordi. Yig‘ilishda direktor o‘rinbosarlari, markaz kafedra va bo‘lim boshliqlari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Yig‘ilishda o‘tgan olti oy davomida markaz kafedra va bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi. Yutuqlar bilan birga hamkorlik qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar […]

Metodik ko‘mak orqali ta’lim sifatini yuksaltirish

2026-yil 25-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan tasdiqlangan reja asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2026–2027-o‘quv yilida ta’lim sifati past bo‘lgan 20 ta umumta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish maqsadida 72 soatlik qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi. Maqsad: ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim sifatini yaxshilash hamda […]

Ommaviy axborot vositalari xodimlariga ehtirom ko‘rsatildi

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida bayram uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda Markaz direktori G. Kojabayeva hamda direktor o‘rinbosari B.Iztleuov ishtirok etdi. Tadbir davomida Markaz direktori G.Ko‘jaboyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, ularning ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan […]

🔈 DIQQAT, JONLI EFIR!

↪️Bugun soat 17:00 da Qoraqalpog‘iston radiosining «Xalq bilan suhbat» eshittirishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari mehmon bo‘ladi. ✔️Eshittirish davomida Fransiya va Turkiya davlatlarida malaka oshirib qaytgan ustozlar xalqaro tajribalar, ta’lim tizimidagi zamonaviy yondashuvlar hamda ularni amaliyotga joriy etish borasidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashadilar. Barchangizni qiziqarli va mazmunli suhbatni tinglashga taklif etamiz! 🕔 Boshlanish vaqti: 17:00 […]

O‘quvchi-yoshlar orasida sog‘lom muhitni yaratish

22-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida “O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchi-yoshlarni giyohvandlik va boshqa zararli odatlar, shuningdek, turli salbiy illatlardan asrash, ularda sog‘lom turmush tarziga rioya […]

🤖 ART, Robototexnika va Sun’iy Intellekt bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya fani o‘qituvchilari uchun Pedagogik mahorat markazida “ART, robototexnika va sun’iy intellekt” o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur kurs M. Palwanova (texnologiya fani metodisti) va A. Duysenbaev (muhandis dasturchi, pedagog) tomonidan tashkil etildi. Kursning asosiy maqsadi – pedagoglarning ART ta’limi, sun’iy intellekt va robototexnika sohasidagi zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ushbu […]

📚 Pedagogik mahorat markazida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya fani o‘qituvchilari uchun Pedagogik mahorat markazida “Boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanini o‘qitish metodikasi” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur kurs Pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi dotsenti,  P. Saliyeva hamda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi texnologiya fani metodisti M. Palwanova va boshlang‘ich ta’lim metodisti […]

Qoraqalpog‘istonning umurtqali hayvonot dunyosi mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Qoraqalpoq davlat universiteti Biologiya fakulteti dekani, O‘zbekiston Zoologlar jamiyati a’zosi, biologiya fanlari doktori, professor M. Jumanov tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari malaka oshirish kursi tinglovchilari uchun “Qoraqalpog‘istonning umurtqali hayvonot dunyosi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining geografik xususiyatlari, tabiiy hududlari hamda hayvonot dunyosining xilma-xilligi haqida […]

Fransiya va Turkiya tajribasi: pedagogik mahoratni yuksaltirish yo‘lida

📊Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida xalqaro tajribalarni ommalashtirish va ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Gulistan Kojabaeva ishtirok etib, bugungi kunda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni milliy ta’lim tizimiga samarali tatbiq etish ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, xalqaro hamkorlik […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!