Uch kun davom etgan trening jarayonida ishtirokchilar iqlim o‘zgarishiga oid ilmiy bilimlar, ushbu mavzuni fanlarga integratsiya qilish yo‘llari hamda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan yaqindan tanishdilar. Mashg‘ulotlarda yangilangan o‘quv resurslari, jumladan “Iqlim qutichasi” dan samarali foydalanish, o‘quvchilarni real hayotiy muammolarga yechim topishga loyihaga asoslangan ta’lim (PBL) va dizayn fikrlash kabi innovatsion yondashuvlarga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur […]




