Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi tantanali ravishda boshlandi. Ochilish marosimida ishtirokchilarga tanlov sinovlarini o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari hamda nizom talablari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazilib, pedagoglarning tanlov sinovlaridagi ishtirok ketma-ketligi belgilandi. Joriy yilning 28–30-iyul kunlari o‘tkaziladigan ushbu bosqichda respublikaning 208 […]




