Click to listen highlighted text!

Oy: Iyul 2026

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari “Yil o‘qituvchisi” tanlovi hakamlar hay’ati tarkibida ishtirok etmoqda

 “Yil o‘qituvchisi” tanlovining III bosqich sinovlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari — Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi mudiri B. Utemuratov, Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri G. Smaylova hamda “Tillarni o‘qitish metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi L. Orimbetova hakamlar hay’ati a’zolari sifatida faol ishtirok etmoqda. Professor-o‘qituvchilar tanlov jarayonlarining adolatli va […]

“Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinovlari bugun yakunlanadi

 Pedagogik mahorat markazida yuksak bilim va kasbiy tajribaga ega pedagoglarning mahorat maydoniga aylangan “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqich sinovlari qizg‘in davom etmoqda. Unda respublikamizning 17 ta tuman (shahar)idan jami 34 nafar pedagog ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatini namoyish etmoqda. Mazkur bosqichda ishtirokchilar 100 ballik tizim asosida quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha baholanmoqda:  Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat – […]

📚 «Yil o‘qituvchisi»: uchinchi bosqich sinovlari qizg‘in davom etmoqda

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Yil o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqichi doirasidagi sinovlar davom etmoqda. Bugungi sinovlarda ishtirokchilar o‘zlarining pedagogik faoliyati, kasbiy yutuqlari, ilg‘or ish tajribasi hamda ta’lim jarayoniga joriy etayotgan innovatsion yondashuvlari yuzasidan taqdimotlar bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, ularning raqamli pedagogika yo‘nalishidagi faoliyati va kasbiy tajribani ommalashtirish borasidagi ishlari ham belgilangan mezonlar asosida baholandi. Hakamlar […]

📚Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Yil o‘qituvchisi» tanlovining uchinchi bosqichi boshlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Pedagogik mahorat markazida  “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi tantanali ravishda boshlandi. Ochilish marosimida ishtirokchilarga tanlov sinovlarini o‘tkazish tartibi, baholash mezonlari hamda nizom talablari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida qur’a tashlash jarayoni o‘tkazilib, pedagoglarning tanlov sinovlaridagi ishtirok ketma-ketligi belgilandi.  Joriy yilning 28–30-iyul kunlari o‘tkaziladigan ushbu bosqichda respublikaning 208 […]

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Prezident!

#BizningPrezident Bugun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ta’lim tizimini takomillashtirish, yosh avlodga sifatli ta’lim berish va zamonaviy imkoniyatlar yaratish, sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimi, xususan, pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning mehnatini qadrlash, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslari […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!