Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Yil o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining uchinchi bosqichi doirasidagi sinovlar davom etmoqda. Bugungi sinovlarda ishtirokchilar o‘zlarining pedagogik faoliyati, kasbiy yutuqlari, ilg‘or ish tajribasi hamda ta’lim jarayoniga joriy etayotgan innovatsion yondashuvlari yuzasidan taqdimotlar bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, ularning raqamli pedagogika yo‘nalishidagi faoliyati va kasbiy tajribani ommalashtirish borasidagi ishlari ham belgilangan mezonlar asosida baholandi. Hakamlar […]




