A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hamda Fransiyaning Frankofoniya markazi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi doirasida ayni kunlarda o‘zbekistonlik pedagoglar Fransiyaning Nitssa shahrida malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda. Mazkur xalqaro o‘quv dasturi o‘zining kreativ yondashuvi bilan ahamiyatli bo‘lib, mashg‘ulotlarning asosiy qismi an’anaviy auditoriyalardan tashqari — ochiq osmon ostida tashkil etilmoqda. Aix-en-Provence instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan 10 […]
Tinglovchilar uchun Mizdaxan tarixiy majmuasiga sayohat tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi tashabbusi bilan markaz tinglovchilari uchun Xo‘jayli tumanida joylashgan Mizdaxan tarixiy-arxeologik majmuasiga ekskursiya tashkil etildi. Sayohat davomida tinglovchilar qadimiy tarix, boy madaniy meros hamda betakror me’moriy yodgorliklar bilan yaqindan tanishdilar. Ikki ming besh yuz yillik tarixga ega bo‘lgan ushbu majmua o‘zining noyob arxeologik obidalari va […]
📢 E’LON YAKUNIY NAZORAT VA MALAKA ISHI HIMOYASI JADVALI E’LON QILINDI
QR Якуний аттестация жадвали май 📚 Pedagogik mahorat markazida 2026-yil may oyida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun yakuniy nazorat hamda malaka ishi himoyasini topshirish jadvali e’lon qilinadi. 🗓 Barcha tinglovchilardan belgilangan jadval asosida ishtirok etishlari so‘raladi.
#Seminar 📚 Ta’limdagi haqiqiy o‘zgarish — mazmunli vazifalardan boshlanadi!
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida xalqaro ekspert Albert De La Peña ishtirokida “Yosh o‘quvchilar uchun mazmunli real vazifalarni yaratish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida pedagoglar an’anaviy topshiriqlarni zamonaviy yondashuv asosida qayta ishlab, ularni o‘quvchilarning: ijodiy fikrlashi, muloqot ko‘nikmalari, hamkorlikda ishlashi va real hayotiy vaziyatlarda bilimni qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirdilar. Xalqaro tajriba asosida tashkil […]
#Xush_xabar! #Fidokor_mehnat_samarasi
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” mavzusidagi forum hamda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida o‘tkazilgan tantanali taqdirlash marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi metodisti Jamalatdin Utepbergenov “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Hamkasbimizni ushbu yuksak mukofot bilan muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar […]
“Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” forumi doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Ta’limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari” forumi doirasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. ➖ Konferensiya ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, UNICEFning O‘zbekistondagi ta’lim bo‘yicha rahbari Alberto Biancoli hamda boshqa qator xorijiy hamkor tashkilotlar […]
Ta‘limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollari
Yalpi majlisda shuningdek, quyidagi xalqaro hamkor tashkilotlarning vakillari: ➖UNICEFning O‘zbekistondagi taʼlim bo‘yicha rahbari Alberto Biancoli; ➖O‘zbekiston professional taʼlim tizimida islohotlar va zamonaviylashtirish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash TexVETII loyihasi rahbari Mattias Klingenberg; ➖Shveytsariyaning O‘zbekistonda kasbiy taʼlim islohotlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi rahbari Simone Shtrasburger; ➖Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Michael Houlgatelar o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Konferensiya quyidagi sho‘balarda o‘z […]
#forum #konferensiya
UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Nashadi ham konferensiyaning yalpi majlisida qatnashib, rahbar va pedagog kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish yo‘nalishida olib borilayotgan hamkorlikka to‘xtalib o‘tdi. Jalpı májiliste sonday-aq, tómendegi xalıqaralıq birge islesiwshi shólkemlerdiń wákilleri: ➖UNICEFtiń Ózbekstandaǵı tálim boyinsha basshısı Alberto Biankoli; ➖Ózbekstan professional bilimlendiriw sistemasında reformalar hám modernizaciyalaw processlerin qollap-quwatlaw TexVETII joybarı basshısı Mattias Klingenberg; ➖Shveycariyanıń […]
“Oila — tarbiya maskani, jamiyatning tayanchi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Oila — tarbiya maskani, jamiyatning tayanchi” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktorining akademik faoliyat bo‘yicha o‘rinbosari A. Qaypnazarov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Nukus shahri FHDYO bo‘limi boshlig‘i S.Pirnazarova, “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi” kafedrasi mudiri, professor M.Utepbergenov, professor-o‘qituvchilar hamda […]
Ta‘limda uzluksiz kasbiy rivojlantirishning dolzarb muammolari, yechimlari va istiqbollariga bag‘ishlangan forum doirasidagi konferensiya yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Tadbirda vazirlik va institut rahbariyati, yigirmaga yaqin xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari hamda vazirlikning hududiy tashkilotlar masʼullari ishtirok etmoqda.




