Click to listen highlighted text!

Yil: 2026

#LIVE #press_tur Nukusdagi 53-maktabda ochiq dars va metodik hamkorlik namoyish etildi

 Press-turning yakuniy manzili Nukus shahridagi 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘ldi. Tashrif davomida maktabda rus tili va ona tili fanlari bo‘yicha tashkil etilgan kasbiy rivojlanish tadbirlari, o‘qituvchilarning metodik hamkorlik ishlari hamda 5-sinfda tabiiy fanidan “Magnit kuchi” mavzusidagi ochiq dars namoyish etildi. Ochiq dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va amaliy tajribalar qo‘llanilib, o‘quvchilarning mavzuni […]

#press_tur Nukus shahridagi 32-sonli maktabda kasbiy rivojlanish jarayonlari namoyish etildi

  Press-tur doirasida ishtirokchilar Nukus shahridagi 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan kasbiy rivojlanish tadbirlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida maktabda filologiya fanlari yo‘nalishida tashkil etilgan “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari namoyish etildi. Shuningdek, 9-sinfda ingliz tili fanidan ochiq dars hamda 8-sinfda biologiya fanidan amaliy mashg‘ulot jarayonlari kuzatildi. Ochiq dars va amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik […]

#press_tur Nukus shahridagi 6-sonli maktab faoliyati bilan tanishildi

2026-yil 3-mart kuni tashkil etilgan press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari Nukus shahridagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Press-tur davomida ta’lim muassasasida “Kasbiy rivojlanish kuni” hamda “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining tashkil etilishi, metodik ishlar jarayoni va fanlar kesimida o‘tkazilayotgan ochiq darslar namoyish etildi. Jarayonlarda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni […]

#press_tur “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari yuzasidan press-tur tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tomonidan Nukus shahridagi 6-, 32- va 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining amalga oshirilishi jarayoni bo‘yicha press-tur tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’lim muassasalari xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–231-son qarori […]

 E’LON

Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarining borishi bo‘yicha press-tur o‘tkaziladi. Press-tur davomida «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarida amalga oshirilayotgan ishlar va amaliy natijalar haqida batafsil ma’lumot beriladi. Sana: 2026-yil 3-mart Vaqt: soat 09:00 […]

#LIVE Pedagoglar uchun mart oyida o‘quv darslari boshlandi

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 2026-yil mart oyi tinglovchilari uchun navbatdagi o‘quv jarayonlariga start berildi. Markazda jam bo‘lgan pedagoglar kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ta’lim metodikalarini o‘rganish hamda o‘z tajribalarini boyitish maqsadida yangi bosqichni boshlashdi. Mazkur o‘quv darslari davomida tinglovchilar innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, zamonaviy pedagogik metod va strategiyalar bo‘yicha bilimlarini […]

«Raqamli dunyo pedagoglari» mavzusida kecha tashkil etildi

Pedagogik mahorat markazida «Raqamli dunyo pedagoglari» mavzusida kecha o‘tkazildi. Tadbir zamonaviy raqamli ta’lim muhitida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali integratsiyalash va ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratildi. Kechani Markazning Akademik faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Uteniyazov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbirning muhimligini alohida ta’kidladi. Shundan so‘ng «Aniq va tabiiy fanlar metodikasi» kafedrasi […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!