Click to listen highlighted text!

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI — YANGI O‘QUV YILIGA TAYYOR!

02.09.2025 14:59:26 27 Баспаға шығарыў

Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borildi. Markazda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonini davlat ta’lim standartlari asosida takomillashtirish, ilg‘or metodik tajribalarni amaliyotga joriy etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

2025–2026 o‘quv yilida malaka oshirish kurslari 21 yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilib, yuzlab pedagoglar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, zamonaviy o‘quv xonalari, elektron resurslar hamda tajribali ustoz-murabbiylar bilan ishlash jarayoni samarali tashkil etiladi.

Pedagogik mahorat markazi yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda yosh avlodni zamon talablari asosida tarbiyalash yo‘lida o‘z faoliyatini yanada faollik bilan davom ettiradi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!