Click to listen highlighted text!

O‘quv yili boshlanishi — mahorat sari yangi marralar

03.09.2025 17:44:00 39 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri va «OPENING DAY» ochilish kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Pedagogik mahorat markazi direktori V.Bekmuratova so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni mamlakatimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 iyundagi «Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 231-sonli qarorining mazmuni va ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 7 avgustdagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun «Kasbiy rivojlanish kuni» va «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida»gi 246-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar haqida ma’lumot berildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga pedagog xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, innovatsion yondashuvlar asosida ularning malakasini doimiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, Markaz faoliyatida ko‘zda tutilgan istiqbolli rejalar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!