Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida 2025–2026-o‘quv yili uchun 9–11-sentyabr kunlari “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha master-trenerlar uchun treninglar o‘tkazilmoqda.
Mazkur jarayonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limidan 11 nafar metodist ishtirok etmoqda.
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida master-trenerlar uchun o‘tkazilayotgan trening quyidagi mavzularda davom etmoqda:
O‘quv natijalarini yaxshilashga qaratilgan samarali baholash. Feedback berish madaniyati;
Loyihaga asoslangan ta’limni tashkil qilish texnologiyalari;
Shaxsiy va kasbiy rivojlanish maqsad va natijalari;
O‘quvchilar farovonligi dasturi. Bola xavfsizligi tushunchasi va mezonlari bilan tanishtirish.