Click to listen highlighted text!

“Metodik mahorat kuni: maktabgacha ta’limda zamonaviy metodlar va tajriba almashinuvi”

11.09.2025 10:24:38 29 Баспаға шығарыў

#Maktabgacha_taʼlim
“Metodik mahorat kuni” va “Metodik mahorat soati” tadbirlari doirasida tashkil etilgan qisqa muddatli o’quv kurslarining yakuniy taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

📅 Ushbu seminar 8–10-sentabr kunlari Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o’tkazildi.

Seminar davomida master-trenerlar va pedagoglarga:

Singapur tajribasi asosida kognitiv rivojlantirish va matematikani o‘qitish usullari;
til va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish metodlari;
ijtimoiy-emotsional rivojlanishni rag‘batlantirish yo‘llari;
jismoniy rivojlanish va motorika;
estetik tarbiya va ijodkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
bolalarda mustaqillik va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish bo‘yicha yangi metodikalar taqdim etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!