#EDUTALK_WEEKLY
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar uchun «Sifatli ta’lim berishda metodlarning ahamiyati» mavzusida navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodisti Toydiq Mambetova tomonidan tashkil etildi. Unda ishtirokchilar dars jarayonida turli metodlardan samarali foydalanish, yangi pedagogik yondashuvlarni qo‘llash hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha foydali bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Seminarning asosiy maqsadi – o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ilg‘or metodlarni o‘rganish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng joriy etishdan iborat.