📅Bugun, 2025-yil 7-oktyabr kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan TALIS 2024 xalqaro tadqiqotining dastlabki natijalari rasman e’lon qilinadi.
💬Ma’lumot uchun: TALIS (Teaching and Learning International Survey) – 2008-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan xalqaro so‘rovnoma bo‘lib, u o‘qituvchilar va maktab rahbarlarining ish sharoiti, ta’lim muhiti, pedagogik yondashuvlari hamda kasbiy rivojlanish imkoniyatlari haqida ishonchli ma’lumot beradi.