Click to listen highlighted text!

Ochiq dars: “Bolalarning bilish jarayonini rivojlantirishda qurilish-konstruksiyalash va matematika markazining o‘rni”

21.10.2025 12:59:52 2 Баспаға шығарыў

2025-yil 21-oktyabr kuni Pedagogik mahorat markazining “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulzar Baytileuova tomonidan “Maktabgacha ta’lim tarbiyachilarini uzluksiz o‘qitish kursi” doirasida “Bolalarning bilish jarayonini rivojlantirishda qurilish-konstruksiyalash va matematika markazining o‘rni” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Ochiq darsning asosiy maqsadi — maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonini samarali rivojlantirishda qurilish-konstruksiyalash va matematika markazining ta’lim jarayonidagi o‘rnini aniqlash, ta’lim sifatini oshirish yo‘llarini amaliy misollar orqali ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

Dars quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etildi:

  1. Ta’lim jarayonining rivojlanish sohasining mazmun-mohiyati
    Maktabgacha ta’limda bilish jarayonini rivojlantirishdagi asosiy tamoyillar, bolalarning o‘rganish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy-hissiy rivojlanishdagi ahamiyati yoritildi.

  2. “Qurilish, konstruksiyalash va matematika” rivojlantirish markazini metodik ta’minlash
    Ushbu markazning faoliyati, metodik vositalari va maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik ko‘nikmalarni shakllantirishdagi roli batafsil tushuntirildi.

  3. Elementar matematik ko‘nikmalarni rivojlantirish
    Maktabgacha yoshdagi bolalarga moslashtirilgan o‘yin va topshiriqlar orqali matematik tushunchalar, mantiqiy fikrlash va muammolarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari amaliy jihatdan ko‘rsatildi.

  4. CPA modeli (Concrete-Pictorial-Abstract): bosqichli o‘qitish yondashuvi
    O‘qitishning uch bosqichli yondashuvi — aniq (ob’ektlarga asoslangan), tasviriy (rasmlar orqali) va abstrakt (ramziy) bosqichlar amaliyotda qanday qo‘llanilishi misollar bilan tushuntirildi.

Ochiq dars pedagoglar uchun amaliy va nazariy jihatdan foydali bo‘lib, maktabgacha ta’limda yangicha metodik yondashuvlarni qo‘llash orqali bolalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!