Click to listen highlighted text!

VAZIR O‘RINBOSARLARI IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ O‘QUVCHILAR HOLATIDAN XABAR OLDI

03.12.2025 16:00:22 14 Баспаға шығарыў

3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni

Bugun, 3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati tomonidan hududlarda nogironligi bo‘lgan bolalarga ko‘mak va e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan tashriflar amalga oshirildi.

Vazirlik rahbariyati a’zolari tomonidan tumanlardagi maktablarda tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan o‘quvchilarning ahvoli va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Vazirning birinchi o‘rinbosari Aybek Dauletbaev — Xo‘jayli tumanidagi maktablarda, Vazir o‘rinbosari Muhabbat Shlimbetova — Nukus tumanidagi ta’lim muassasalarida, Vazir o‘rinbosari Qadirbay Ismaiylov — Taxiatosh tumanidagi maktablarda

o‘quvchilar va ularning oilalari bilan uchrashib, ularning sog‘lig‘i, o‘qish jarayoni, zarur yordam turlari hamda mavjud imkoniyatlarni yaxshilash bo‘yicha fikr almashdi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!