Click to listen highlighted text!

📚 Seminar muvaffaqiyatli yakunlandi

27.03.2026 10:43:42 8 Баспаға шығарыў

  2026-yil 24–25-mart kunlari Xorazm viloyati, Xiva shahridagi “Erkin Palace” mehmonxonasida “Sinfxonada baholash: o‘quvchilar natijalarini yaxshilash” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 27-fevraldagi 03-33-1143-sonli xatiga asosan o‘tkazildi.

Seminarda Xorazm viloyati pedagogik mahorat markazi rahbari, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent, faxriy professor Salayev Jasurbek Komilovich hamda ta’limda baholash bo‘yicha milliy konsultant Feruza Tursunova ishtirok etib, qatnashchilarga sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 16 nafar hamda Xorazm viloyatidan 12 nafar mentor o‘qituvchi — matematika, ona tili va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari vakillari qatnashdi.

Seminar davomida ishtirokchilar zamonaviy baholash yondashuvlari, o‘quvchilar natijalarini yaxshilashga qaratilgan samarali metodlar bilan tanishib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!