Click to listen highlighted text!

#KRK Tayanch maktablarda Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlariga start berildi

19.10.2026 09:43:56 19 Баспаға шығарыў

2026 yil 17 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 19 ta tayanch maktabida boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari o‘tkazildi. Tasdiqlangan reja-grafik asosida 30 nafar mentor-o‘qituvchi tomonidan 742 nafar yetakchi o‘qituvchi uchun seminar o‘tkazildi. Tadbirlarning asosiy mavzusi – «Pedagogning kasbiy farovonligi va barqarorligini ta’minlash – samarali ta’limning asosiy omili. Bu borada mentor-trenerlar tomonidan yetakchi o‘qituvchilar uchun pedagogning kasbiy farovonligi va barqarorligini ta’minlash, samarali pedagogik faoliyatni tashkil etish va ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Tadbir davomida pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, o‘z ustida ishlash va ilg‘or ish tajribalarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!