Click to listen highlighted text!

NEMIS TILI O‘QITUVCHILARI UCHUN O‘QUV KURSLARI BOSHLANDI

20.10.2026 09:30:55 16 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Gyote-Institutining O‘zbekistondagi filiali hamkorligida nemis tili o‘qituvchilari uchun besh kunlik o‘quv kurslari boshlandi. Mazkur kurslar Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan nemis tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, xorijiy tilni o‘qitishning zamonaviy yondashuvlarini o‘zlashtirish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish maqsadida tashkil etildi. Mashg‘ulotlar Gyote-Institutining tajribali trenerlari tomonidan olib borilmoqda. O‘quv kurslari davomida o‘qituvchilarning Gyote-Instituti imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, innovatsion ta’lim metodlari va samarali o‘qitish strategiyalarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, darslarni zamonaviy talablar asosida tashkil etish, o‘quvchilarning nemis tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan amaliy tavsiyalar berilishi ko‘zda tutilgan. Ma’lumot uchun: O‘quv kurslari 19-oktyabrdan boshlanib, 23-oktyabrga qadar davom etadi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!