Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida tinglovchilar o‘rtasida kiberxavfsizlikni ta’minlash, mobil telefonlardagi shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda internet firibgarligining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Nukus shahri 2-sonli Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori, podpolkovnik B. Madreymov hamda leytenant R. Rustamov, shuningdek, markazning Raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish bo‘limi bosh mutaxassisi Joldasbay Daliбаев hamda yetakchi mutaxassisi Paraxat Shortanov ishtirok etib, tinglovchilarga noma’lum manbalardan kelgan APK fayllarini o‘rnatish bilan bog‘liq xavflar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va kiberfiribgarlikdan saqlanish choralari haqida tushuntirishlar berdilar. Shuningdek, tadbir davomida tinglovchilarning mobil telefonlariga Google Play platformasi orqali “APK qo‘riqchi” ilovasi o‘rnatib berildi hamda undan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi. Tadbirning asosiy maqsadi tinglovchilarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirish va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashdan iborat. Unutmang: xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda!










