Click to listen highlighted text!

INKLYUZIV TA’LIM: ILĞOR TAJRIBA VA YANGI IMKONIYATLAR

27.10.2026 09:40:31 6 Баспаға шығарыў

Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahrida inklyuziv ta’lim böyiça ilğor kasbiy rivojlaniş dasturining 2-moduli doirasida ikki kunlik öquv-seminari bölib ötdi. Mazkur seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-öqituvçilari, Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi vakillari, şuningdek, Xorazm viloyatidagi 5-sonli hamda Qoraqalpoğiston Respublikasidagi 34-sonli maktab pedagoglari va “Mehrli maktab” vakillari iştirok etdi. Seminarning asosiy maqsadi inklyuziv ta’limni samarali taşkil etiş, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş hamda har bir bolaning individual imkoniyatlari va ta’limiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini takomillaştirişdan iborat böldi. Seminar davomida iştirokçilar inklyuziv ta’limga oid zamonaviy pedagogik yondaşuvlar bilan tanişdi, ilğor tajribalar almaşdi hamda ularni amaliyotga tatbiq etiş masalalarini muhokama qildi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!