Click to listen highlighted text!

Joylarda «Metodik mahorat kuni» tadbirlari boshlandi

01.04.2025 15:28:11 78 Баспаға шығарыў

Bugun 1-aprel kuni respublikamizdagi 25 ta tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotida «Metodik mahorat kuni» tadbirlari boshlandi.

Bunda mentor trenerlar tomonidan MTTB yetakchilariga maktabgacha ta’lim darslarining sifati, bolalar bilan ishlash psixologiyasi o‘rgatilib, MTT tadbirlarini amalga oshirishda o‘quv darslarini samarali tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladi.

Seminarda 25 nafar mentor, 446 nafar yetakchi pedagoglar ishtirok etmoqda. Bu orqali Respublikamizdagi 471 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor o‘rinbosarlari o‘qitilib, natijada 9 ming 26 nafar pedagogni qamrab olish rejalashtirilgan.

Metodik mahorat kunlarini har oyning 1-3 haftasida seshanba kunida o‘tkazish belgilangan.

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!