Click to listen highlighted text!

«Milliy kun» tadbiri bo‘lib o‘tdi

14.04.2025 11:09:22 57 Баспаға шығарыў

2025-yil 11-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi «Tillarni o‘qitish metodikasi» kafedrasi, «Qozoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari» kasbiy rivojlanish kursi tashkilotchiligida «Milliy kun» tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad millatlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.

Ishtirokchilar qozoq xalqining maqol-matallari, an’anaviy qo‘shiqlari, urf-odatlari va milliy kiyimlarining o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot olib, qozoq madaniyatining ahamiyatiga chuqur kirib bordi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, madaniyatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasida fikr almashib, bir-biri bilan fikrlashdi. Ushbu tadbir milliy qadriyatlarni ulug‘lab, xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni oshirishga katta hissa qo‘shdi.

Pedagogik mahorat markaziga kursga kelgan o‘qituvchilar ushbu tadbirdan olgan taassurotlari, maktablarda milliy do‘stlikni targ‘ib qiluvchi darslarni o‘tkazish zarurligi haqidagi fikrlari bilan birlashib, bunday tashabbuslarni ta’lim sohasida tizimli ravishda amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!