Click to listen highlighted text!

Xorijiy hamkorlik doirasida qoraqalpog‘istonlik pedagoglar Ozarbayjonda tajriba oshirmoqda

14.10.2025 17:26:32 15 Баспаға шығарыў

2025 yil 12-19 oktyabr kunlari Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti Guba filialida «Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalari: xalqaro tajriba va ilg‘or ta’lim modellari» mavzusida xalqaro malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu malaka oshirish dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari – Bayram Utemuratov, Gulmari Smaylova, Ixtiyor Utepov va Tumaris Aymuxammedovalar ishtirok etmoqda. Mazkur xalqaro o‘quv seminari doirasida ta’lim sohasida olib borilayotgan ilg‘or xalqaro tajribalar, innovatsion yondashuvlar va zamonaviy STEAM texnologiyalarining o‘quv jarayoniga integratsiyasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berilmoqda. Shuningdek, inklyuziv ta’limning mohiyati, uni samarali tashkil etish mexanizmlari va xorijiy davlatlar tajribasida qo‘llanilayotgan ilg‘or metodlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!