Click to listen highlighted text!

Pedagogik mahorat markazida 100 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi

05.11.2025 16:52:15 85 Баспаға шығарыў

2025-yil oktyabr oyidan boshlab Pedagogik mahorat markazi tomonidan o‘qituvchi va pedagog xodimlar uchun 100 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi. Mazkur kurslar 21 ta yo‘nalish bo‘yicha 36 ta o‘quv guruhida tashkil etilib, ularda jami 965 nafar o‘qituvchi-pedagoglar ishtirok etmoqda. Kurslar ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish hamda ularni amaliyotga joriy etish, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va metodik yondashuvlarni keng tatbiq etish maqsadida tashkil etilgan. Pedagogik mahorat markazi tomonidan tuzilgan o‘quv dasturlari o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga, ularning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga va innovatsion pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Kurs davomida tinglovchilar: zamonaviy ta’lim metodlari va texnologiyalari bilan tanishadilar; dars jarayonida interaktiv yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashadilar; o‘z sohalariga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganadilar; ta’lim jarayonini raqamlashtirish, o‘quv jarayonida AKT vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Shuningdek, kurs yakunida ishtirokchilarga belgilangan tartibda malaka oshirish sertifikatlari topshiriladi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!