“Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi G.Allaxova tomonidan ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida “Tarix” fani tinglovchilari uchun “XXI asr ko‘nikmalari” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Dars ta’limda keng qo‘llanilayotgan 4K moduli — tanqidiy fikrlash (Critical thinking), ijodkorlik (Creativity), muloqot (Communication) va hamkorlik (Collaboration) tamoyillari asosida o‘tkazildi.
Dars jarayonida tinglovchilar XXI asr pedagoglardan talab etiladigan asosiy ko‘nikmalar haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Dars interaktiv usullarda, savol-javoblar, mulohaza va fikr almashuvlar orqali faol o‘tdi. Tinglovchilar o‘z taassurotlarini bildirib, XXI asrdagi raqobatbardosh shaxsni tarbiyalashda 4K ko‘nikmalarining muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.









