Click to listen highlighted text!

“Metodik zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi

14.11.2025 11:06:19 25 Баспаға шығарыў

2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari tomonidan “Metodik zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Ushbu tadbirning maqsadi — tinglovchilarning faolligini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kasbiy salohiyatini namoyon etish va o‘zaro tajriba almashish uchun samarali muhit yaratishdan iborat bo‘ldi.

O‘yinda boshlang‘ich ta’lim, tarbiya, rus va ingliz tili yo‘nalishlari tinglovchilari ishtirok etib, fanlar kesimida tuzilgan metodik savollarga javob berish jarayonida o‘z bilim va tajribalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat to‘g‘ri javob topish, balki muammolarga ijodiy yondashish va mantiqiy fikrini asoslash ko‘nikmalarini ham namoyon etdilar.

Natijalar bo‘yicha: 🥇 1-o‘rin — ingliz tili yo‘nalishi o‘qituvchilari, 🥈 2-o‘rin — boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi o‘qituvchilari, 🥉 3-o‘rin — tarbiya fani o‘qituvchilari jamoasiga nasib etdi.

G‘olib jamoalar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!