Click to listen highlighted text!

Prezident maktabida o‘quv jarayoni bilan tanishu

24.11.2025 10:03:25 32 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktor o‘rinbosarlari — kurs tinglovchilari Nukus shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, mazkur ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayoni va ilg‘or pedagogik tajribalar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrifning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini zamonaviy talablar asosida yanada takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni o‘rganish, maktablar o‘rtasida samarali hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z. Begmuratova Prezident maktabida o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi hamda ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan amaliy faoliyat haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, maktab maslahatchisi D. Dastenov maktab maslahatchisi lavozimining vazifalari, o‘quvchilar bilan individual ishlash tartibi, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va bu boradagi samarali yondashuvlar haqida o‘zining tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv jarayonida tinglovchilar faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirishga doir ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar hamda o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!