Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida pedagogik mahorat va ijodkorlikni sinovdan o‘tkazuvchi – «Kreativ pedagog» tanlovi yakunlandi! Ushbu tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining yangicha fikrlash qobiliyati, dars jarayoniga kreativ yondashuv va pedagogik tajribasini namoyish etdi. Tanlov uch bosqichda tashkil etilib, har bir bosqichda ishtirokchilarning metodik salohiyati, interfaol usullardan foydalanish ko‘nikmalari va o‘quvchilar bilan ishlashdagi samaradorligi sinovdan o‘tkazildi. 









