Click to listen highlighted text!

#LIVE #press_tur Nukusdagi 53-maktabda ochiq dars va metodik hamkorlik namoyish etildi

03.03.2026 18:01:25 7 Баспаға шығарыў

 Press-turning yakuniy manzili Nukus shahridagi 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi bo‘ldi. Tashrif davomida maktabda rus tili va ona tili fanlari bo‘yicha tashkil etilgan kasbiy rivojlanish tadbirlari, o‘qituvchilarning metodik hamkorlik ishlari hamda 5-sinfda tabiiy fanidan “Magnit kuchi” mavzusidagi ochiq dars namoyish etildi. Ochiq dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va amaliy tajribalar qo‘llanilib, o‘quvchilarning mavzuni chuqur anglashiga alohida e’tibor qaratildi. OAV vakillari maktabda o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!