Click to listen highlighted text!

 Dars kuzatish va tahlil qilish – pedagogik mahorat asosi

04.03.2026 11:08:09 21 Баспаға шығарыў

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida kimyo fani tinglovchilari uchun “Darsni kuzatish va tahlil qilish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Mashg‘ulot “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Esnazarov tomonidan olib borildi. Ochiq dars jarayonida zamonaviy o‘qituvchining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda darsni professional kuzatish va tahlil qilish mexanizmlari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, dars kuzatishning asosiy maqsadi o‘qituvchining kasbiy darajasini baholash, ta’lim sifatini nazorat qilish, metodik yordam ko‘rsatish va ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirishdan iborat. Shuningdek, dars samaradorligi uning puxta rejalashtirilishiga bevosita bog‘liqligi qayd etildi. Jumladan, mavzuning kalendar reja asosida tashkil etilishi, aniq maqsadlarning belgilanishi, texnik va metodik tayyorgarlik darajasi muhim omillar sifatida e’tirof etildi. Mashg‘ulot yakunida darsni kuzatish va tahlil qilish jarayoni nazorat shakli emas, balki ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan hamkorlikdagi ijodiy faoliyat ekani alohida ta’kidlandi. 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!