Click to listen highlighted text!

Muallif: admin_kkrpm

“Biz halollik tarafdorimiz” — Prezident maktabida ochiq eshiklar kuni

Nukus shahridagi Prezident maktabida “Biz halollik tarafdorimiz” mavzusida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar, ustozlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi, yuridik fanlar doktori (DSc), professor Babanazarov Qalbay va Pedagogik mahorat markazining katta o‘qituvchisi Adilbay Shrazov ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Uchrashuv davomida korrupsiyaning xavf-xatarlari, uning oldini olishga doir qonunchilik talablari, shuningdek yoshlar […]

«Zamonaviy rahbar» tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan «Zamonaviy rahbar» tanlovi o‘z yakuniga yetdi. Unda maktab direktor o‘rinbosarlari zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari, jamoa bilan ishlash mahorati hamda muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini namoyish etdilar. Tanlovda o‘zining innovatsion yondashuvi va faol ishtiroki bilan ajralib turgan pedagoglar «Hurmat yorlig‘i» bilan taqdirlandi. Ta’limning taraqqiyoti — zamonaviy rahbarlarning qo‘lida!

«Kreativ pedagog» tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida pedagogik mahorat va ijodkorlikni sinovdan o‘tkazuvchi – «Kreativ pedagog» tanlovi yakunlandi! Ushbu tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining yangicha fikrlash qobiliyati, dars jarayoniga kreativ yondashuv va pedagogik tajribasini namoyish etdi. Tanlov uch bosqichda tashkil etilib, har bir bosqichda ishtirokchilarning metodik salohiyati, interfaol usullardan foydalanish ko‘nikmalari va o‘quvchilar bilan ishlashdagi samaradorligi sinovdan o‘tkazildi.

100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiyasi

Bugun noyabr oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurs tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari o‘tkazildi. Bunda o‘qituvchilarning kurs davomida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari baholandi. Yakuniy attestatsiya test, loyiha ishi va mikrodars taqdimoti shaklida olib borildi. Tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Kurs jarayonida tinglovchilar hamkorlikda ishlash orqali […]

XORIJIY HAMKORLIK DOIRASIDA QORAQALPOG‘ISTONLIK PEDAGOGLAR OZARBAYJONDA MALAKA OSHIRMOQDA

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, 2025-yil 23–30-noyabr kunlari Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti Guba filialida «Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalari: xalqaro tajriba va ilg‘or ta’lim modellari» mavzusida xalqaro malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur xalqaro o‘quv dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari — Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining katta o‘qituvchilari […]

“Pedagoglar malakasini oshirish: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik Mahorat Markazida chiqish testlari boshlandi”

#LIVE O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga asosan maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlari malakasini oshirish sifatining ichki nazoratini hamda malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarini rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida  tinglovchilardan chiqish testlarini olish […]

Tugamas chashmasan, ona tilim

Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida ham, 1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan «Tugamas chashmasan, ona tilim» mavzusida adabiy-kompozitsion kecha o‘tkazildi. Unda Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, f.f.n., S.Matekeev va boshqalar so‘zga chiqib, bu sana qoraqalpoq xalqi uchun aziz kun ekanini alohida ta’kidlab, ona tilimizning xalqimiz hayoti va jamiyatimiz rivojida tutgan […]

Ekologik savodxonlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi dotsenti Tajekbayeva Ziywar tomonidan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 2-guruh tinglovchilari uchun “Tabiiy fan (SCIENCE) da amaliy tajribalar orqali o‘quvchilarning ekologik savodxonligini rivojlantirish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Mashg‘ulotda tinglovchilarga SCIENCE dasturiga asoslangan darsliklaridagi amaliy tajribalar mazmuni, tajribalarni o‘tkazish bo‘yicha zamonaviy metodik talablar, laboratoriya va […]

Boshlang‘ich ta’limda inklyuziv yondashuvlar: ochiq dars tashkil etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Tumaris Aymuhammedova tomonidan «Boshlang‘ich ta’limda inklyuziv ta’lim yondashuvlari» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq dars davomida alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, maxsus metod va vositalardan foydalanish, shuningdek, maxsus pedagoglar bilan hamkorlikda kompleks yondashuvni shakllantirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Inklyuziv ta’limning mazmuni, maqsadi va boshlang‘ich […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!