Nukus shahridagi Prezident maktabida “Biz halollik tarafdorimiz” mavzusida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilar, ustozlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi, yuridik fanlar doktori (DSc), professor Babanazarov Qalbay va Pedagogik mahorat markazining katta o‘qituvchisi Adilbay Shrazov ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. 
Uchrashuv davomida korrupsiyaning xavf-xatarlari, uning oldini olishga doir qonunchilik talablari, shuningdek yoshlar orasida “halollik madaniyati”ni shakllantirishning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Maqsad — kelajak avlod ongiga halollik g‘oyalarini singdirish va korrupsiyaga qarshi kurashda faollikni oshirish.




