Click to listen highlighted text!

O‘qituvchilar uchun «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbiri o‘tkazilmoqda

14.03.2025 15:05:19 81 Баспаға шығарыў

Bugun, 14-mart kuni tuman (shahar) lardagi tayanch maktablarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining Ingliz tili fani yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi (Cluster-school CPD activity) «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbiri o‘tkazilmoqda.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad: o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ijodiy izlanish va o‘z bilimini muntazam boyitib borish, zamonaviy o‘qitish metodikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 19 tayanch maktabda 719 yetakchi o‘qituvchi ishtirok etmoqda.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!