Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 13-mart – qozoq xalqining «Ko‘rishish-amal bayrami» kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda ko‘p millatli Qoraqalpog‘iston hududida hozirgi vaqtda 300 mingga yaqin qozoqlar bo‘lib, ular shu o‘lkada yashovchi boshqa xalqlar bilan bir otaning farzandlaridek tinch-totuv hayot kechirayotganligi aytib o‘tildi.
Shu kuni ota-bobolarimiz qishdan eson-omon chiqqaniga quvonib, shu sanada barcha qishloq-aymoq yig‘ilib bu bayramni nishonlagan.
13-mart – qozoq xalqining «Ko‘rishish-amal bayrami» kunida bir-biri bilan quchoq ochib ko‘rishib, elga kirib kelgan yangi yil bilan bir-birini tabriklaydi. Ezgu tilaklar aytib, o‘tgan yildan qolgan gina-kuduratlarni unutib, bu kunni bayram sifatida keng nishonlaydi.