Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning ilg‘or tajribalarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga tatbiq etish maqsadida S’celo Velenkosini Zulu tomonidan Pedagogik mahorat markazining Kimyo fani bo‘yicha kasbiy rivojlanish kursi tinglovchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad: kimyo o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini rivojlantirish, zamonaviy metodikalar bilan tanishtirish, ta’lim sifatini oshirish va yangi metodik vositalarni amaliyotga joriy etishdan iborat.
Seminarda ishtirokchilar innovatsion texnologiyalardan qanday foydalanish, interfaol darslarni tashkil etish, laboratoriya ishlarini samarali o‘tkazish usullari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.