Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida pedagogik mahorat va ijodkorlikni sinovdan o‘tkazuvchi – «Kreativ pedagog» tanlovi yakunlandi! Ushbu tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining yangicha fikrlash qobiliyati, dars jarayoniga kreativ yondashuv va pedagogik tajribasini namoyish etdi. Tanlov uch bosqichda tashkil etilib, har bir bosqichda ishtirokchilarning metodik salohiyati, interfaol usullardan foydalanish ko‘nikmalari va o‘quvchilar bilan ishlashdagi samaradorligi sinovdan o‘tkazildi.
100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiyasi
Bugun noyabr oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurs tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari o‘tkazildi. Bunda o‘qituvchilarning kurs davomida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari baholandi. Yakuniy attestatsiya test, loyiha ishi va mikrodars taqdimoti shaklida olib borildi. Tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Kurs jarayonida tinglovchilar hamkorlikda ishlash orqali […]
XORIJIY HAMKORLIK DOIRASIDA QORAQALPOG‘ISTONLIK PEDAGOGLAR OZARBAYJONDA MALAKA OSHIRMOQDA
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, 2025-yil 23–30-noyabr kunlari Ozarbayjon Davlat Pedagogika Universiteti Guba filialida «Inklyuziv ta’lim va STEAM texnologiyalari: xalqaro tajriba va ilg‘or ta’lim modellari» mavzusida xalqaro malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mazkur xalqaro o‘quv dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari — Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining katta o‘qituvchilari […]
Pedagoglar bilimini baholash – sifatli ta’lim sari muhim qadam!
#LIVE Fotoreportaj ✨2024-yil 20-dekabrdagi 867-sonli qarorga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida pedagoglarning malakasini oshirish bo‘yicha chiqish testlari muvaffaqiyatli davom etmoqda.
“Pedagoglar malakasini oshirish: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik Mahorat Markazida chiqish testlari boshlandi”
#LIVE O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qaroriga asosan maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlari malakasini oshirish sifatining ichki nazoratini hamda malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarini rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish maqsadida: Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida tinglovchilardan chiqish testlarini olish […]
Tugamas chashmasan, ona tilim
Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida ham, 1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan «Tugamas chashmasan, ona tilim» mavzusida adabiy-kompozitsion kecha o‘tkazildi. Unda Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, f.f.n., S.Matekeev va boshqalar so‘zga chiqib, bu sana qoraqalpoq xalqi uchun aziz kun ekanini alohida ta’kidlab, ona tilimizning xalqimiz hayoti va jamiyatimiz rivojida tutgan […]
Ekologik savodxonlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq dars o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari” kafedrasi dotsenti Tajekbayeva Ziywar tomonidan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishining 2-guruh tinglovchilari uchun “Tabiiy fan (SCIENCE) da amaliy tajribalar orqali o‘quvchilarning ekologik savodxonligini rivojlantirish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Mashg‘ulotda tinglovchilarga SCIENCE dasturiga asoslangan darsliklaridagi amaliy tajribalar mazmuni, tajribalarni o‘tkazish bo‘yicha zamonaviy metodik talablar, laboratoriya va […]
Boshlang‘ich ta’limda inklyuziv yondashuvlar: ochiq dars tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Tumaris Aymuhammedova tomonidan «Boshlang‘ich ta’limda inklyuziv ta’lim yondashuvlari» mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Ochiq dars davomida alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun moslashtirilgan ta’lim muhitini yaratish, maxsus metod va vositalardan foydalanish, shuningdek, maxsus pedagoglar bilan hamkorlikda kompleks yondashuvni shakllantirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Inklyuziv ta’limning mazmuni, maqsadi va boshlang‘ich […]
Prezident maktabida o‘quv jarayoni bilan tanishu
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktor o‘rinbosarlari — kurs tinglovchilari Nukus shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurib, mazkur ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayoni va ilg‘or pedagogik tajribalar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrifning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini zamonaviy talablar asosida yanada takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni o‘rganish, maktablar o‘rtasida samarali hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro […]
“Boshlang‘ich ta’limga innovatsion yondashuv: Saparniyazov Abay Saburovichning yangi ta’limiy dasturi taqdim etildi”
Pedagogik mahorat markazimiz da Noyabr oyida Informatika va IT kursi malaka oshirish kurslarimizni yanada boyitgan, ilmiy salohiyati va innovatsion yondashuvi bilan ajralib turadigan ustoz — Saparniyazov Abay Saburovich bo‘ldi. Informatika va axborot texnologiyalari sohasida 27 yildan buyon fidokorona faoliyat yuritib kelayotgan, yuzlab iqtidorli shogirdlar yetishtirgan, “Shuhrat” medali sohibi bo‘lgan ushbu ustoz bizning Kasbiy rivojlanish kursimizda […]




