Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining professor-o‘qituvchilari — Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasining katta o‘qituvchilari Gulxan Jiemuratova va Dilfuza Kutlimuratovalar Ozarbayjondagi malaka oshirish safari doirasida Guba tumani, Alekseyevka qishlog‘idagi Raxman Mamedov nomidagi umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Maktabda o‘quvchilarning hissiy holatini aniqlash va boshqarishga qaratilgan “REST AREA – GO – SLOW – STOP” tizimi amalda qo‘llanilmoqda. Bu tizim o‘quvchilarning ruhiy holatini tahlil qilish va ularning maktabdagi samarali o‘qishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tashrif davomida pedagoglar maktabning innovatsion yondashuvlari va ta’lim sifatini oshirishdagi ilg‘or metodlari bilan yaqindan tanishdilar.




