28-noyabr kuni Pedagogik mahorat markazi pedagoglari Ozarbayjondagi malaka oshirish dasturi doirasida Gubadagi Raxman Mamedova nomidagi umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida maktabning tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashuvi, STEAM va raqamli ta’limga asoslangan innovatsion metodlari hamda amaliy mashg‘ulotlarga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni o‘rganildi.
Pedagoglar ozarbayjonlik hamkasblari bilan tajriba almashdilar. Maktab jamoasining samimiy kutib olishi hamda ta’lim jarayoniga bo‘lgan professional yondashuvi ularda katta qiziqish va ijobiy taassurot uyg‘otdi.









