1992-yil 14-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XI sessiyasida «Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bugun Nukus shahri markazida o‘rnatilgan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat bayroqlari yonida «Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinganining 33-yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev so‘zga chiqib, xalqimizni […]
O‘qituvchilar uchun amaliy-metodik tajriba almashinuvi tashkil etildi
Pedagogik mahorat markazi metodistlari tomonidan metodik amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Beruniy tumanidagi 15-sonli umumta’lim maktabida 15-, 20-, 23-, 34-, 39-, 40-, 53- va 54-sonli maktab o‘qituvchilari uchun “Darslarga tayyorgarlik ko‘rish va uni loyihalash” mavzusida “Metodik impuls” seminar-treningi o‘tkazildi. Tadbir energayzer bilan boshlangan bo‘lib, “Wordwall” platformasi orqali o‘qituvchilarning diqqatini jamlash va faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan mashg‘ulotlar […]
BERUNIY TUMANIDA INGLIZ TILI FANI BO‘YICHA OCHIQ DARS TAHLILI O‘TKAZILDI
Pedagogik mahorat markazining ingliz tili fani metodisti Z. Bagdiyarova tomonidan Beruniy tumanidagi 29-, 35- va 36-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ingliz tili fani yetakchi o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilgan ochiq darslar tahlil qilindi. Tahlil davomida metodist tomonidan darsning tashkiliy jihatlari, qo‘llanilgan zamonaviy metodlar, o‘quvchilarning faolligi hamda mavzuni o‘zlashtirish darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Metodist Z. Bagdiyarova dars jarayonida […]
Korruptsiya – taraqqiyotga to‘siq: mas’ullar ishtirokida amaliy muloqat
Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasida korruptsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida vazirlik va idoralar xodimlari ishtirokida «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korruptsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig’i B.Matmuratov, shuningdek, sohaga aloqador mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirning asosiy maqsadi – davlat organlari faoliyatining shaffofligini, ularning jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini […]




