📸 FOTORAPORTAJ Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazida aprel oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiya jarayonlari doirasida test sinovlari shaffof tarzda o‘tkazilmoqda.
“Ilk qadam” dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichi davom etmoqda
2026-yil 22-aprel kuni Pedagogik mahorat markazida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Mazkur o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan hamda xalqaro tashkilotlar — UNICEF, Islom taraqqiyot banki (IsDB), Arab muvofiqlashtiruvchi guruhi (ACG) va Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE) ko‘magida […]
Ochiq dars: Tarbiya fanida affektiv ko‘nikmalarni rivojlantirish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi N. Tleumuratova tomonidan “Tarbiya: uzluksiz kasbiy rivojlanish” kursida “Tarbiya fanini o‘qitishda affektiv ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Mazkur ochiq darsning asosiy maqsadi Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida affektiv ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid zamonaviy yondashuvlar bilan tinglovchilarni tanishtirish hamda bu borada […]
YAKUNIY NAZORAT VA MALAKA ISHI HIMOYASI JADVALI E’LON QILINDI
QR_Якуний_аттестация_жадвали_апрель Pedagogik mahorat markazida 2026-yil aprel oyida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun yakuniy nazorat hamda malaka ishi himoyasini topshirish jadvali e’lon qilinadi. 🗓 Barcha tinglovchilardan belgilangan jadval asosida ishtirok etishlari so‘raladi.
🎙 Qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi!
🔈 DIQQAT! E’LON Siz: 🔹 qo‘shimcha mutaxassislikka ega bo‘lishni xohlaysizmi? 🔹 boshqa fan yo‘nalishida ham dars berishni rejalayapsizmi? 🔹 yangi yo‘nalishda o‘z bilim va salohiyatingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? ✨ Unda siz uchun ajoyib imkoniyat! 🎓 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi sizni qayta tayyorlash kurslariga taklif etadi! 📌 Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi. Mazkur […]
“Kimyo olamiga sayohat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
ANIQ VA TABIIY FANLAR METODIKASI kafedrasi tomonidan “Kimyo olamiga sayohat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida tinglovchilar tomonidan turli badiiy va ilmiy chiqishlar namoyish etildi. Jumladan, elementlar haqida she’r o‘qildi, milliy raqs ijro etildi hamda “Elementlar o‘yini” orqali kimyoviy elementlarning xususiyatlari sahnaviy talqinda yoritib berildi. Shuningdek, “Kimyo va tabiat” nomli sahna ko‘rinishi orqali inson […]
#Maktabgacha_ta’lim “Ilk qadam” bo‘yicha treninglar boshlandi
20-aprel kuni Nukus shahri Pedagogik mahorat markazida “Ilk qadam” dasturini joriy etish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining 2-bosqichi boshlandi. Ushbu o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tashabbusi bilan, xalqaro tashkilotlar – UNICEF, Islom taraqqiyot banki (ISDB), Arab muvofiqlashtiruvchi guruhi (ACG) va Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE) ko‘magida amalga oshirilmoqda. Maqsad: ta’lim sifatini […]
#PIRLS_2026 #o‘quvchi_fikri
#PIRLS_2026 #o‘quvchi_fikri PIRLS 2026 Xalqaro tadqiqotlari doirasida dunyo bolalari bilan bir qatorda testda ishtirok etganimdan nihoyatda mamnunman. Ushbu xalqaro baholash jarayoni menga o‘z bilim va ko‘nikmalarimni kengroq namoyon etish, shuningdek, tengdoshlarim bilan bir safda o‘z salohiyatimni sinab ko‘rish imkonini berdi. Bu tajriba menga yanada ko‘proq o‘qish, izlanish va bilim olishga bo‘lgan qiziqishimni oshirdi. Savollarni o‘zim […]
#PIRLS_2026 PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tmoqda
Mazkur jarayonlarda respublika bo‘yicha jami 369 nafar o‘quvchilar ishtirok etmoqda. Ular qoraqalpoq, o‘zbek hamda rus tillarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadilar. Ushbu xalqaro tadqiqot o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash, ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro tajribalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
#ommalashtirish Metodik ishlarni ommalashtirish jarayonlari muhokama qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari Baymurat Iztileuov rahbarligida texnik ekspertlar tarkibi a’zolari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida uslubchi D.Aytmuratova texnik ekspertlar tarkibi a’zolarini uslubiy ishlarni texnik ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha tayyorlangan ko‘rsatmalar bilan tanishtirdi. Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026- yil 27- fevraldagi 84-sonli buyrug‘iga muvofiq, texnik ekspertlar […]




