Click to listen highlighted text!

Bo'lim: Ahamiyatli yangiliklar

“Savodxon – pedagog” diktant tanlovi o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kunini munosib nishonlash, davlat tilining nufuzi va mavqeyini oshirish hamda o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish maqsadida “Savodxon – pedagog” mavzusida diktant tanlovi tashkil etildi. Tanlovda markazda malaka oshirayotgan ingliz tili, tarix, qoraqalpoq tili va adabiyoti hamda rus tili fanlari tinglovchilari ishtirok etib, o‘zbek tilida yozma […]

Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va […]

SUN’IY INTELLEKT — TA’LIMDA YANGI IMKONIYATLAR: XALQARO SEMINAR YAKUNLANDI

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminar yakunlandi. Mazkur xalqaro seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari hamda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari ham faol ishtirok etib, ta’lim jarayonida […]

XUSHXABAR! ⚡Pedagogik mahorat markazi katta o‘qituvchisi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yusupov Quwanısh Dauletbaevich O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur mukofot ustozning ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yuksak pedagogik mahorati, kasbiga sadoqati hamda ta’lim […]

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvidagi nutqidan asosiy fikrlar (birinchi qism):

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi munosabatlarning muhiti o‘zgardi, yetakchilar tez-tez uchrashib, masalalarni ochiq muhokama qilib, yechimlar topib, bir-birini qo‘llab-quvvatlay boshladi; XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani tuzish jarayonlarining yakunlanishi tarixiy voqea bo‘ldi; Mintaqa xalqaro maydonda ancha ishonchli va sezilarliroq tarzda namoyon bo‘lmoqda; Markaziy Osiyo va qo‘shni mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlikning […]

#Mnemotexnika TA’LIM JARAYONIDA AXBOROTNI YODDA SAQLASHNING SAMARALI USULLARI

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy-metodik kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari G. Baytileuova va G. Orinbaeva tomonidan “Mnemotexnika usuli” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar davomida ishtirokchilar mnemotexnik topshiriqlarni bajarish orqali axborotni samarali yodda saqlash usullarini amaliy mashg‘ulotlar asosida sinab […]

Qatag‘on qurbonlari xotirlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori G.Kojabayeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Kengashi apparatining Madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri G.Tlepov, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi boshlig‘i M.Davilbayev, markazning professor-o‘qituvchilari […]

Pedagogik mahorat markazida oktabr oyidagi malaka oshirish kurslari boshlandi

🎥Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida oktabr oyiga mo‘ljallangan pedagoglarning kasbiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan malaka oshirish kurslari boshlandi. O‘quv mashg‘ulotlari davomida pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim yondashuvlarini o‘zlashtirish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etilmoqda. Shuningdek, oy davomida amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

#KasbiyRivojlanishKuni #IjtimoiyFanlar Tayanch maktablarda pedagoglarning kasbiy rivojlanish tadbiri boshlandi

Bugun respublikamizdagi tayanch maktablarda Ijtimoiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi. Tadbirlar “Ijtimoiy-emotsional ta’lim (SEL) asosida pedagogning kasbiy farovonligi va barqarorligini ta’minlash — samarali ta’limning asosiy omili” mavzusida o‘tkazilmoqda.  Tadbirlarning asosiy natijalari:  pedagoglarning ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarini rivojlantirish; kasbiy zo‘riqishlarni boshqarish va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;  dars jarayonida SEL yondashuvlaridan samarali foydalanish usullarini […]

MENTOR-TRENERLAR 3 KUN DAVOMIDA NIMALARNI O‘RGANDI?

🎥Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan 3 kunlik “Mentor-trenerlarni tayyorlash bo‘yicha trening” davomida ishtirokchilar tajribali master-trenerlardan zamonaviy metod va pedagogik texnologiyalarni o‘rgandi. 🔹 SEL asosida pedagogning kasbiy farovonligini ta’minlash usullari; 🔹 “Kelajak soatlari” samaradorligini oshirishda pedagogning roli; 🔹 sinf amaliyotini tadqiq etish va dalillarga asoslangan ta’limni tashkil etish texnologiyalari; 🔹 ta’lim jarayonini pedagogik refleksiya […]

Back To Top
Click to listen highlighted text!