Click to listen highlighted text!

Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z!

20.03.2025 11:32:14 76 Баспаға шығарыў

Uch ming yildan ziyod o‘z tarixiga ega Navro‘z bayrami xalqimizning eng ulug‘ bayramlaridan biri bo‘lib, bu kunni azaldan ajdodlarimiz yangi yilning boshi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olganlar.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Qadriyatlaring abadiy bo‘lsin, Navro‘z!» shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Venera Bekmuratova ishtirokchilarni yil boshi hisoblangan Navro‘z bilan samimiy tabriklab, joriy yil xalqimiz uchun yaxshi va barakali yil bo‘lib kelishini tiladi.

Umumxalq sayliga aylangan Navro‘z bayramida tinglovchilar tomonidan milliy taomlar va buyumlar ko‘rgazmasi, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan an’analarimizni aks ettiruvchi urf-odat va an’analarimiz namoyish etildi.

O‘zlarining eng yaxshi san’atlarini namoyish etgan kafedralar va tinglovchilarga Pedagogik mahorat markazi jamoasi tomonidan munosib tarzda rag‘batlantirildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!