Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida kasaba uyushmasi xodimlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nukus shahar bo‘limi raisi M. Dawılbaev, markaz rahbarlari va barcha xodimlar ishtirok etdi.
Ochiq ovoz berish yo‘li orqali Asqar Naǵmetullaev markaz kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib saylandi.
Yig‘ilishda kasaba uyushmalari mehnatga oid huquqlarni himoya qilishda faol bo‘lishi, ish beruvchi va xodim o‘rtasida o‘zaro ishonch hamda hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi tuzilma sifatida faoliyat yuritishi zarurligi ta’kidlandi.










