Click to listen highlighted text!

Ingliz tili o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbiri o‘tkazildi

10.11.2025 09:34:07 28 Баспаға шығарыў

7-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tayanch maktablarda ingliz tili fani yo‘nalishida navbatdagi “Kasbiy rivojlanish kuni (KRK)” tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida mentor o‘qituvchilar tomonidan “Dars boshida o‘quvchilarni jalb qilish va darsni boshlash hamda yakunlashning samarali usullari” mavzusi yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilish, motivatsiyasini oshirish va ularning darsdagi faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan pedagogik yondashuvlar muhokama qilindi.

Shuningdek, darsga oid 5 daqiqalik “hook” (kirish qismi) yaratish usullari, dars yakunida bilimlarni mustahkamlash, asosiy g‘oyalarni umumlashtirish va baholashning samarali metodlari ko‘rsatib o‘tildi.

Tadbir davomida o‘qituvchilar dars jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan foydali topshiriqlar, qisqa mashqlar va interfaol usullarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tajriba almashdilar.

Ma’lumot uchun: Qoraqalpog‘iston Respublikasida ingliz tili fani bo‘yicha 19 tayanch maktabda 30 mentor o‘qituvchi 714 yetakchi o‘qituvchilarga «Kasbiy rivojlanish kuni» tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!