2025-yil 13-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Alijan Arziyev tomonidan uzluksiz kasbiy rivojlanish “Biologiya” kursida “Maktab o‘quvchilari kognitiv rivojlanishining psixologik xususiyatlari” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ochiq dars davomida kognitiv rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari — ijro funksiyalari, abstrakt va tanqidiy fikrlash, ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish kabi masalalar atroflicha yoritildi. Shuningdek, ijodiy qobiliyat tushunchasi va psixologiyasi, samarali ta’limda ijodiy yondashuvning ahamiyati, shaxsiy rivojlanishda ijod psixologiyasi hamda o‘quvchilarning ijodkorligini rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Mashg‘ulot jarayonida “Torrens g‘ildirakchalari” mashqi orqali tinglovchilar kreativ fikrlashga yo‘naltirildi. Shuningdek, “Ertak terapiyasi” usuli yordamida tinglovchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.









